Shu kunlarda Samarqand viloyatida yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, qora qum, tuproq va qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy talon-taroj etilishini oldini olish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Zarbdor oylik” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 29-aprel kuni ham viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Ishtixon va Oqdaryo tuman nazorat inspeksiyalarining davlat inspektorlari tomonidan hududida oʻtkazilgan navbatdagi kuzatuv reyd tadbiri davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlandi. Xususan, Qoradaryo daryosining Oqdaryo tumani hududidan kesib oʻtuvchi qismida tuman fuqarosi O.Z, Ishtixon tumani hududidan kesib oʻtuvchi qismida tuman fuqarosi X.L va  Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismidan tuman fuqarosi Q.Flar oʻzlariga tegishli boʻlgan yuk ortuvchi texnika vositasi yordamida noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib yuk tashuvchi avtomashinalarga ortib berayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan qonunbuzarlarning har biriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga binoan, bazaviy hisoblashning 10 barobari miqdoridan, yaʼni 2 million 450 ming soʻmdan jarima qoʻllanildi.

      Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati