Reyting daftarcha, qayd varaqasi, oʻqituvchilar dars rejasi va jurnali toʻliq elektron shaklga oʻtadi

    Raqamlashtirish 1 Fevral 2021 2304

    Abduvali Xolikov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi:

    «Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni toʻliq kredit-model tizimiga oʻtgach, barcha ishlar elektron shaklga oʻtkaziladi. Reyting daftarchasi, talabalarning qayd varaqasi, oʻqituvchilar dars rejasi, jurnali hamda talabalar jurnalini yuritishda qogʻoz koʻrinishidan butunlay voz kechiladi.

    Elektron shaklda baholar boʻyicha ham shaffoflik yaratiladi. Oʻqituvchi baholarni qachon qoʻyishi, qanday asoslarga koʻra baholanishi aniq boʻladi va belgilangan muddat oʻtgach, oʻqituvchi bahoni oʻzgartirishiga imkon boʻlmaydi. Hattoki qaysidir sabab bilan oʻzgartirilsa ham bu haqdagi maʼlumotlarni saqlab qoladigan tizim yaratilmoqda».