Davlat rahbarining topshirigʻiga koʻra tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi. Endi ular faoliyatiga soliqchilar baho bermaydi, ragʻbatlantirish choralari ham reyting asosida belgilanadi hamda bu tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim boʻladi.
Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun:
- - barcha soliq tekshiruvlari bekor boʻladi;
- - qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi bir kunda tekshiruvlarsiz qaytarib beriladi (hozir 7 kundan 30 kungacha);
- - boshqa soliq turlari boʻyicha ortiqcha toʻlov summasi uch kunda qaytarib beriladi (hozir 15 ish kunida);
- - tovarlarni import qilishda va sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini bojxona va soliq organlarida oʻzaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi;
- - tumanlarda auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini boʻlib toʻlash muddati 3-yildan 5-yilgacha uzaytiriladi.
Har bir tadbirkor real vaqt rejimida oʻz oʻrni va bahosini bilib boradi.
Savdo-sanoat palatasiga oʻz saytida reyting natijalarini onlayn eʼlon qilib, tadbirkorlar soʻrovlariga tezkor javob berib borish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.