Suv toshqini shaharning shimoliy qismini qamrab oldi. Oqibatda shahar transporti faoliyatida muammolar yuzaga keldi, xususan, avtobus va metro harakati izdan chiqdi.
Shahar hokimiyati yaqin kunlarda rejalashtirilgan barcha tadbirlarni bekor qildi. Rio-de-Janeyro prefekti Eduardo Paes favqulodda holat e'lon qildi. Shu kungacha 11 kishi halok bo'lgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.