Bu joriy yilning 23-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida maʼlum boʻldi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan, taxminiy qiymati 15 mlrd. soʻmlik 2707 dona mobil telefonlar (IPhone 13 Pro Max, Samsung Galaxy S 22 ultra, RedMe Note 11 pro va h.k.) borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro T.M. yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib oʻtuvchi, eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr boʻlgan yer osti yoʻli mavjudligi aniqlandi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu yer osti yoʻli Qirgʻiziston Respublikasidan tovar-moddiy boyliklar olib oʻtishga moʻljallangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Rishton tumanida yashovchi fuqaro T.M. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.