Rishton tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yil rejasi muhokama qilindi

    Mamlakatimizda 12 Dekabr 2020 1833

    Maʼlumki yurtimizning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtayotgan Xalq deputalari kengashining sessiyalarda hokimlar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi va kelgusi yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida oʻz aholisiga murojaat qilmoqda.

    Fargʻona viloyati Rishton tumanida boʻlib oʻtgan ana shunday sessiyada ham tuman hokimi Sufxonjon Soliyev 2020-yilgi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda kelgusi yilgi rejalar boʻyicha hisobot berdi.
    Taʼkidlanganidek, tumanda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasini taʼminlash masadida har bir sektor tomonidan Rishton tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

    Asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qiladigan boʻlsak, tumanda 2020-yil 9 oyi davomida 230 milliard soʻmlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsishga erishildi. Yil yakuniga qadar hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 310 milliard soʻmga yetkaziladi.

    Tumanda aholi soni 205 mingni tashkil etadi. Joriy yil 9 oy yakuni boʻyicha 92,5 ming iqtisodiy faol aholining 84,5 mingtasi yoki 91,4 foizi bandligi taʼminlangan. 2021-yilda bu koʻrsatkichni tumanda kichik biznesni rivojlantirish, 100 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali 93 foizga bajarish choralari koʻriladi.

    Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jami loyiha qiymati 50,9 milliard soʻmlik 23 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi hisobiga 225 nafar yangi ish oʻrinlari yaratishga erishildi.
    2020-yil uchun hududiy eksport prognozi 17 million 377 ming AQSH dollari miqdorida belgilangan boʻlsada, joriy yilning oʻtgan davrida 22 ta eksportyor korxonalar tomonidan jami 11 million 493 ming dollar eksport amalga oshirilgan. Mazkur eksportchi korxonalar kalava ip, chinni buyumlari, keramika buyumlari, xoʻl va kuritilgan meva va sabzavotlar, dukkakli va quritilgan meva mahsulotlarini Turkiya, Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilgan.

    Tuman aholisining 66,8 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan, 2,4 foizi kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlangan. Suv taʼminoti korxonasi tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish darajasi oʻrtacha 92,1 foizni tashkil etadi.

    Hozirgi kunda 2 dona quduq qazish hamda 2 dona suv minorasi oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Maʼlumki Rishton tumani hunarmandlar shahri. Hunarmandchilikni yana-da rivojlantirish va chetga olib chiqish maqsadida tumanda qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilish arafasida turgan 19,8 milliard soʻmlik boʻlgan “Kulollar shaharchasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu shaharchada 250 nafar ish oʻrni yaratiladi.

    “Kulollar shaharchasi”ga yaqin xududda joylashgan “Xoʻja Rushnoiy” ziyoratgohi ham shaharcha bilan birgalikda revtavratsiya qilinib obodonlashtirildi. Ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, 2021-yilda buyuk alloma Burxoniddin Ar-Roshidoniy ziyoratgoxini restavratsiya qilish va obodonlashtirish orqali xorijiy sayyoxlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.
    Hozirda gʻallachilik klasterlari tomonidan azotli va fosforli oʻgʻitlar jamgʻarilib, fermer xoʻjaliklariga tarqatilmoqda. Bunda tashqari gʻallachilik klasterlari tomonidan don maxsulotlarini saqlashga moʻljallangan zamonaviy omborlarini qurish ishlariga kirishilgan. “Zamin Gold Invest 2020” gʻallachilik klasteri tomonidan yillik ishlab chiqarish quvvati 20 ming tonna boʻlgan donni qayta ishlash zavodini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.

    Meva-sabzavot mahsulotlarini samarali saqlashga moʻljallangan 3 ming 300 tonna sigʻimga ega zamonaviy muzlatkichlar tashkil etilgan boʻlib, hozirda ushbu muzlatkichlarda aholi ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi maxsulotlari zaxiraga jamgʻarilgan.

    Meva sabzavot maxsulotlarini quritish, qayta ishlash va eksport qilishga moʻljallangan qayta ishlash korxonalari tashkil etilgan boʻlib hozirgi kunga qadar tumandagi eksportiyorlar tomonidan jami 7 ming 559 tonna, qiymati 6,4 million dollorlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilindi.