Hodisa hukumat rahbari Yevropa Ittifoqi sammitiga kelganidan so'ng darhol sodir bo'ldi.
Fitso o'zining ijtimoiy tarmoq sahifasida zarar yer usti texnikasi bilan to'qnashuv oqibatida kelib chiqqanini xabar qildi. Uning so'zlariga ko'ra, samolyotni ta'mirlash uchun Bryusselda qoldirish kerak bo'ladi.
“Aeroportda trapli avtomobil samolyotga shunchalik jiddiy zarar yetkazdiki, u uchishga yaroqsiz holga keldi va biz uni shu erda qoldirishimiz kerak”, deb yozdi Robert Fitso.
Bosh vazir shuningdek, Bryusselning Yevropa Ittifoqini kengaytirish borasidagi siyosatini keskin tanqid qildi. U Yevropa Ittifoqi institutlari tomonidan Belgradga nisbatan adolatsiz munosabatiga norozilik sifatida G'arbiy Bolqon mamlakatlari bilan uchrashuvni boykot qilgan Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan birdamligini bildirdi, deb xabar berdi russian.rt.com.