Roberta Metsola ikkinchi muddatga Yevroparlament raisi etib saylandi

    Maltalik siyosatchi Roberta Metsola ikkinchi muddatga Yevroparlament raisi etib saylandi.

    Metsolaning nomzodi uchun 562 deputat ovoz berdi. Metsolaning raqibi Ispaniya parlamenti deputati, Ispaniyaning “Podemos” (“Biz qila olamiz”) chap qanot partiyasi a'zosi Irene Montero edi.

    Kasbi huquqshunos Metsola Malta universitetida huquq fanlari doktori darajasini oldi. U butun faoliyatini Yevropa siyosati sohasida bag'ishladi. U Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi shtab-kvartirasida Malta vakolatxonasida ishladi, Yevroparlamentga uch marta nomzodini qo'ydi va 2013-yilda uchinchi urinishda deputatlik mandatini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. 2020-yilda u birinchi rais o'rinbosari etib saylandi, 2022-yilda, ya'ni 42 yoshida Yevroparlament tarixidagi eng yosh raisga aylandi, deb xabar beradi tass.ru.