Mazkur robot chim qoplamalari ustidagi chiqindilarni tozalashga mo'ljallangan. Ayni paytda mazkur robotning xomaki nusxasi ham tayyor emas. Biroq startap mualliflari uni 2025 yilda ishlab chiqarishga va'da berishmoqda.

Robot bir nechta manipulyatorlarga ega bo'ladi va ular yordamida chiqindilarni, xususan, barglarni yig'ib, o'zining maxsus konteyneriga tashlaydi. Mazkur ixtiro sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, maxsus kameralarga ega.

Robot-“bog'bon” bir marta to'liq quvvatlantirilgach, olti soat ishlay oladi. Narxi 4400 dollarga baholanmoqda, deya xabar beradi techcult.ru.