Bolalarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yoz boʻyi oromgohlar oʻz ishini qizgʻin tarzda olib boradi.

Ayniqsa maktab tugashi bilan oromgoh sari yoʻl olgan bolajonlarning quvonchi cheksiz. Beruniy tumanidagi “Rohat” bolalar yozgi dam olish maskanida ham barcha sharoitlar yaratilgan.

Oromgohda bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun kutubxona, sport oʻyinlari, shuningdek, koʻngil ochar tadbirlar tashkil qilingan.

“Rohat” oromgohining yoz mavsumidagi ochilishida Beruniy tumani hokimi oʻrinbosari A.Qurbaniyazov ishtirok etib, oromgohda dam oluvchi bolajonlarni tabrikladi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni aytib oʻtdi.