Yevropa Konferensiyalar ligasida ishtirok etayotgan Rimning “Roma” klubi kecha oʻzi uchun noqulay raqib “Bude-Glimt” mehmoni boʻldi. Rimliklar bu jamoaga  guruh bosqichida 1:6 hisobida yutqazganidan xabaringiz bor, albatta. Kechagi oʻyinda ham “Roma”ning omadi kelmadi. Pellegrinining goliga Saltnes va Vetlesen javob qaytardi – 2:1.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 

YEKL markaziy oʻyini hisoblangan “Lester” va PSV bahsida hisob ochilmadi. “Marsel” oʻz uyida PAOKni 2:1 hisobida yengdi. “Fenerbahche” va “Slaviya” oʻrtasidagi bahs 3:3 hisobida tugadi. 

Javob bahslari 14-aprelda boʻlib  oʻtadi.