Besh karra “Oltin-to‘p” sohibi 2023-yilda “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi safida jami 54 ta gol urdi. To‘purarlar poygasida portugaliyalik forvard PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (52 gol) va “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn (52), shuningdek, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand (50) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Dekabr oyida Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Dekabrda u 5 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.