Masalan, Karlo Anchelotti Ronalduni Madridga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar aytildi. Shuningdek, portugaliyalik mashhur hujumchining “PSJ” va “MYU”ga oʻtishi haqida ham mish-mishlar chiqdi.
Krishtianu Ronaldu oʻzining Instagramdagi sahifasida bu gap-soʻzlarga oydiklik kiritish maqsadida quyidagilarni yozib qoldirdi:
“Meni yaxshi biladiganlar ishimga qanday masʼuliyat bilan yondashishimdan ham xabardor. Doimo kamroq gapirib, koʻproq ishlashga harakat qilaman. Men haqimda har xil gap-soʻzlar koʻpayib borayotgan ekan bu borada oʻz pozitsiyamni bildirsam.
Mening “Real”dagi tarixim koʻplab sovrinlar, rekordlar va katta harflar bilan tarixga yozildi... “Real”ning haqiqiy muxlislari meni yuraklarida saqlab qolganlarini bilaman.
Mening nomimni har xil ligalardagi har xil klublar bilan bogʻlab chiqishmoqda va hech kim aslida haqiqat nimada ekanini surishtirgisi kelmaydi. Men ortiq jim tura olmayman, chunki nomimni har xil yolgʻon xabarlar bilan bogʻlashlariga yoʻl qoʻya olmayman. Men doimgidek oʻz ishimga shoʻngʻiganman va oldindagi barcha chorlovlarga tayyorman. Qolgan hammasi shunchaki gap”.