Davlat korporatsiyasi bu borada Lavochkin ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi NEWS.ru.

“Dekabr oyida Roskosmos Lavochkin ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi bilan Rossiyaning Oydagi elektr stansiyasini qurish bo'yicha 2036-yilgacha bajarilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha hukumat shartnomasini imzoladi. Shartnomani amalga oshirish muddati 2025-2036-yillarga mo'ljallangan”, deyiladi xabarda.

Stansiyaning maqsadi Rossiya oy dasturining lunoxodlar va observatoriyani, shuningdek, Xalqaro ilmiy oy stansiyasi infratuzilmasini elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iborat. Mutaxassislar koinot kemasini ishlab chiqish, yer sinovlari, parvoz sinovlarini o'tkazish va yakunda Yerning tabiiy yo'ldoshida infratuzilmani joylashtirish niyatida. Roskosmosning ta'kidlashicha, loyiha doimiy ilmiy oy stansiyasini qurish va oyni uzoq muddatli tadqiq qilish dasturiga o'tish yo'lidagi muhim qadamdir.

Loyihada Roskosmosdan tashqari, Rosatom va Kurchatov instituti ham ishtirok etadi, deb xabar berdi mir24.tv.