Yangi tartibga koʻra, vizasiz rejimda Rossiyaga kirib kelgan va xalqaro yuk tashuvlari bilan shugʻullanuvchi professional haydovchilar bir kalendar yili davomida jami 180 sutkagacha mamlakat hududida boʻlishi mumkin.
Mazkur imkoniyat MDHga aʼzo davlatlar fuqarolari hamda Gruziya fuqarolariga tatbiq etiladi.
Qarorga muvofiq, haydovchilar belgilangan tartibda ariza taqdim etgan holda ushbu imtiyozdan foydalanadi.
Yangi qoidalar 2026-yil 30-iyundan boshlab kuchga kiradi.