Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan olgani haqida maʼlum qildi, deya yozmoqda TASS.
Tolibon tomonidan kiritilgan Afgʻoniston bayrogʻi ilk bor Moskvadagi elchixona tepasiga oʻrnatildi.
“Afgʻonistonni tan olish toʻgʻrisidagi qarorni Putin Lavrov taklifi bilan qabul qilgan va bu Moskvaning muloqot oʻrnatish istagidan dalolat beradi”, dedi Rossiyaning Kobuldagi elchisi.
Shu yilning 3-iyul kuni erta tongda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko Afgʻonistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasanning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Afgʻoniston elchisi 1-iyul kuni Moskvaga yetib keldi. Ertasi kuni u oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.