Avval xabar berilganidek, 1-avgustdan boshlab, Turkiya , Buyuk Britaniya va Tanzaniya bilan aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
“Aviaqatnov tiklanishi mumkin boʻlgan navbatdagi mamlakatlar — bu Janubiy Koreya va Maldivalar boʻlishi mumkin”, — degan agentlik (TASS) suhbatdoshi.
Ilgari TASS Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya oʻrtasida 1-avgustdan boshlab aviaqatnovlarning tiklanishi haqida xabar bergandi.
Rossiya mart oyining oxirida xalqaro parvozlar uchun oʻrnatilgan chegaralashlarni avgust oyidan boshlab olib tashlay boshlaydi. Shunday qilib, 1-avgustdan boshlab Rossiya Federatsiyasidan Zanzibar, London, Anqara va Istanbulga, 10-avgustdan boshlab esa Antaliya, Bodrum va Dalamanga uchish mumkin boʻladi. Oʻz oʻrnida Rossiyaga ham ushbu mamlakatlardan yuqorida koʻrsatilgan sanadan boshlab uchib kelish mumkin boʻladi.
Hozirgi paytda esa chet ellardan faqat chetga olib chiqib ketilishi uchun reyslar amalga oshirilib turibdi.