O'zbekistonlik futbolchilarning Rossiya klublariga o'tishi kabi Rossiya futbolchilarining O'zbekiston klublariga o'tishi ham oddiy voqelikka aylanib bormoqda.

Kuni kecha Championat.com sayti Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq futbolchisi Pavel Mogilevets faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi haqida xabar tarqatdi. Pavel “Bunyodkor” bilan shartnoma tuzish uchun Toshkentga kelgan.

 27 yoshli yarim himoyachi 2014/15 yilgi mavsumda “Zenit” safida Rossiya chempioni, bir yil o'tib “Rostov” tarkibida kumush medali sohibi bo'lgan. Pavel keyingi yillarda “Rubin”, “Ximki” klublari safida to'p surib, 2021 yilni esa, “Nijniy Novgorod” safida o'tkazgan.