Uchrashuv davomida milliy operatorning geologik-qidiruv va burgʻilash ishlari hajmini oshirish rejalari, Rossiyada ishlab chiqarilgan moddiy-texnik resurslarni sotib olish va hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar neft-gaz sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalarini, xususan, uglevodorod ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlarini eksport sugʻurtasi bilan taʼminlashni va 2021-yilda burgʻilash va qidiruv ishlarini amalga oshirishda qilinadigan ishlar xususida kelishib oldilar.

Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasida neft va gaz qazib olishni jadallashtirishga asos boʻladi.

Taʼkidlash joiz, “EKSAR” AJ “RES” AJ va “ROSEKSIMBANK” AJ bilan birgalikda Rossiya eksport markazi guruhiga kiruvchi eksport krediti va investitsiyalarni sugʻurtalash boʻyicha yetakchi agentliklardan biri hisoblanadi, shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJning uzoq muddatli hamkori hisoblanadi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.