Gamaleya nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi rahbari Aleksandr Gintsburg TASSga bergan interv`yusida, COVID-19 vaktsinasi 9-12 oy ichida kerakli miqdorda ishlab chiqarilishi mumkinligini aytdi.

       Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, uchta korxonada preparatni ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Har oyda bir million dozaga yaqin vatsina ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda, yil oxiriga kelib bu ikki million dozaga etkaziladi.

      eslatib o'tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaktsina “Sputnik V” nomini oldi va 11 avgust kuni ro'yxatga olindi.

        Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining rahbari Mixail Murashko ko'plab davlatlar COVID-19ga qarshi vaktsinani sotib olishga qiziqish bildirgani, ammo Rossiya ichki bozorni ta'minlamaguncha uni sotmasligini  aytgandi.