Rossiya Federatsiyasi o'z tarixida ilk bor Oyga parvozni amalga oshiradi

    Zamonaviy Rossiya tarixida Oyga birinchi parvoz 13-iyulga belgilangan. Bu haqda “Roskosmos” xabar berdi.

    “Luna-25” kosmik apparatining 2023-yildagi astronomik “oyna”ni hisobga olgan holda uchirilishi 13.07. 2023-yilga mo'ljallangan”, — deyiladi davlat korporatsiyasi xabarida.

    Rossiya Fanlar akademiyasi 2023-yilda “Luna-27” missiyasi ilmiy jihozlarini to'liq mahalliy uskunalarga o'tkazishni boshlashi avvalroq xabar qilingan edi.

    Ayni paytda, Hindistonning Chandrayaan-3 sayyoralararo stansiyasi 2023-yil oxiri – 2024-yil boshida Yerning tabiiy yo'ldoshiga chiqishi ma'lum bo'ldi. Qurilma Oy yuzasini o'rganish uchun qo'nish moduli va lunoxodni yetkazadi, deb xabar beradi aif.ru.