Bu haqda Rosstat ma'lumotlarida keltirilgan.
Dizel yonilg'isi ishlab chiqarish 3,5 foizga kamayib, kuniga 231 ming tonnani tashkil etdi.
Rossiya neftni qayta ishlash zavodlari benzin ishlab chiqarishni, asosan, Ukraina dronlarining hujumlari tufayli birlamchi qayta ishlash bo'linmalariga zarar yetkazganligi sababli kamaytirgan. Hujumlar oqibatida Ryazan neftni qayta ishlash zavodi (AT-6 va AVT-4), Kuybishev neftni qayta ishlash zavodi (AVT-4 va AVT-5), Sizran neftni qayta ishlash zavodi (AVT-6) va Nijniy Novgorod neftni qayta ishlash zavodidagi (AVT-6) qurilmalarning ishi to'xtab qoldi.
Benzin ishlab chiqarish aprel oyida tiklanishi mumkin, chunki shikastlangan qurilmalar tarmoqqa qaytariladi. Ryazan neftni qayta ishlash zavodida AVT-4 allaqachon qayta ishga tushirilgan, deb xabar beradi report.az.