2020-yilda Rossiya Federatsiyasining “PIK Industriya” AJ va “Texstroy” MCHJ qurilish korxonalari vakillari mamlakatimizning Namangan va Samarqand viloyatlarida boʻlib, fuqarolar oʻrtasida tanlov oʻtkazdi. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan 432 nafar fuqarolar 28-30-dekabr kunlari mazkur davlatga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun joʻnatildi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni “PIK Industriya” va “Texstroy” qurilish korxonalari vakillari mamlakatimizga kelib, Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Suhbatda birinchi navbatda 2020-yil 10-27-noyabr kunlari dastlabki saralashdan oʻtgan fuqarolarning ishtirok etishi soʻraladi.

Shuningdek, avval mazkur korxonalar tomonidan tashkil etilgan tanlovlarda ishtirok etmagan fuqarolarning ham tanlovda qatnashishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Rossiyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolardan mazkur tanlovlarda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlarini soʻraymiz.

Murojaat uchun: (71) 202-33-55, (71) 200-00-61 yoki qisqa raqam 1282.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – (61) 222-53-32, (61) 222-53-34;

Andijon viloyati – (95) 202-33-55;

Buxoro viloyati – (99) 708-49-98;

Jizzax viloyati – (72) 226-91-97, (72) 226-91-87;

Qashqadaryo viloyati – (75) 224-05-25, (99) 130-07-34, (97) 770-04-92;

Navoiy viloyati – (79) 224-11-60;

Namangan viloyati – (69) 227-94-64, (69) 227-97-27;

Samarqand viloyati – (66) 233-24-00, (66) 233-53-00;

Sirdaryo viloyati – (67) 225-55-59;

Surxondaryo viloyati – (76) 222-45-22;

Toshkent viloyati – (55) 900-33-10;

Fargʻona viloyati – (73) 244-56-69;

Xorazm viloyati – (62) 224-12-35;

Toshkent shahri – (71) 202-33-55 (ichki raqam 39).