Joriy yilning 8-oktyabr kuni “Toshkent-Qarshi” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdida ketayotgan Rossiya fuqarosi Samarqandda tushayotib, sumkasini unutib qoldirgan.

Sumkaning ichida 2000 AQSH dollari, 5180 Yevro, 11500 Rossiya rubli, 1 dona noutbuk va telefon apparati shuningdek, shaxsiy buyumlari boʻlgan.

Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimlari tomonidan zudlik bilan olib borilgan surishtiruvlar natijasida qoʻl sumkasi topilib, buyumlari toʻliq xolatda oʻz egasiga qaytarildi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar bermoqda.