Tadbirda 30 nafar o'zbekistonlik iqtidorli yigit-qizni Butunrossiya Davlat kinematografiya institutida o'qish xarajatlarining Rossiya hamkorlik fondi tomonidan moliyalashtirilishi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu yoshlarning 25 nafari Rossiyada yashab, ijod qiladigan taniqli o'zbek aktyori Farhod Mahmudovning ijodiy ustaxonasida ta'lim olishi belgilangan.

Aytib o'tish joizki, Rossiyaning mazkur oliy ta'lim muassasasi kinematografchilarni etishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli ta'lim dargohlaridan biri bo'lib, o'zbek kinosining qator etuk arboblari ham ushbu maskanda ta'lim olgan.