Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni Moskva shahridagi barcha aeroportlarining masʼul xodimlari bilan bogʻlanilib holatga aniqlik kiritdi.
Maʼlum boʻlishicha, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetovo aeroportlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga qoʻyilmayotgani yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotgani aniqlandi.
Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi «Ozinki», «Mashtakovo», «Sagarchin» bojxona chegara postlaridagi holatlar ham oʻrganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari biron-bir toʻsiqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotgani maʼlum boʻldi.