Mutaxassislar Rossiya Federatsiyasining hududlarida bir kunda 30 ta oʻrmon yongʻinini oʻchirishdi. Deyarli 92,5 ming gektar maydonda yongʻinni oʻchirish davom etmoqda, deb xabar qildi yakshanba kuni Federal aviatsiya oʻrmon xoʻjaligi agentligi matbuot xizmati.
“Mintaqaviy oʻrmon xoʻjaligi dispetcherlik xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 29-avgust kuni oʻtgan 24 soat ichida Rossiyada 971 gektar maydonda 30 ta oʻrmon yongʻinlari bartaraf etildi. 30-avgust kuni Moskva vaqti bilan 00:00 da Rossiya Federatsiyasi hududida 92 449 gektar maydonda 64 ta oʻrmon yongʻinlari sodir boʻldi”, deyiladi xabarda.
Yongʻinlarning eng koʻp soni va maydoni Krasnoyarsk oʻlkasida qayd etilgan – 74 250 gektar maydonda 23 ta yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻinlar Irkutsk, Yakutiya, Orenburg, Magadan, Perm viloyatlari va Komi Respublikasida ham kuzatildi. Krasnoyarsk oʻlkasida va Irkutsk viloyatining ikki tumanida favqulodda rejim joriy etildi.