Rossiya Pxenyanning Ukrainaga qarshi urushini qo'llab-quvvatlash uchun Moskvaga qurol va boshqa jihozlar yetkazib berish evaziga Shimoliy Koreya bilan o'zining ilg'or koinot va sun'iy yo'ldosh texnologiyasini bo'lishishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb yozadi Yonhap.
Bu haqda AQSh rasmiysi Seulda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yul bilan muzokaradan so'ng ma'lum qildi.
Shuningdek, u Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturini qabul qilib, o'n yillik siyosatini o'zgartirishga yaqin bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.
Blinken bu masala nafaqat AQSh, balki Janubiy Koreya va Yaponiyaning ham diqqat markazida ekanligini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.