Muloqotda Fargʻona tumanida 35 gektar yer maydonida 3 bosqichda 6 tadan 18 tagacha boʻlgan turdagi noyob koʻkat mahsulotlarini yetishtirish va toʻliq Rossiya supermarketlar tarmoqlarida sotish uchun eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Bu jarayonda “Zelen” kompaniyasi noyob urugʻlar keltirish uchun 500 ming dollar investitsiya kiritishi qayd etildi. Loyihaning birinchi bosqichining oʻzida 20 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Muzokara davomida “Zelen” kompaniyasi vakillari hamkorlikka tayyorligi, yer maydoni maʼqul kelganligi va joriy yil 10-fevraldan boshlab urugʻlarni ekish ishlari boshlanishini maʼlum qilishdi.