Favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtda tezlashtirish bloki Er sharining elliptik orbitasida bo'lgan. Mazkur kosmik apparat orbitasining eng baland nuqtasi 3606 km va eng pasti esa, 422 km masofani tashkil etgan. Ayni paytda mutaxassislar apparatning parchalanib ketgan bo'laklari sonini va ularning orbitasini aniqlashtirayotganligi aytiladi.
Rossiya kosmik apparatining yonilg'i baklari portlashi haqida dastlab amerika harbiylari xabar qilishgan edi. Ular aytishiga qaraganda, portlash natijasida koinotda 65ta bo'lak paydo bo'lgan.
Rossiyaning koinotda xavfli vaziyatlar paydo bo'layotgani haqida xabar qiluvchi tizimi ham "Fregat-SB"ning yonilg'i baklari portlab ketganini qayd etgan.
"Fregat-SB" tezlashtirish bloki 2011 yilda "Spektr-R" nomli astrofizik teleskopni ishga tushirishda foydalanilgan edi. "Spektr-R" - Rossiya va Germaniya hamkorligida ishga tushirilgan orbital astrofizik radioteleskopdir. Diametri 10 metr bo'lgan antennaga yordamida radioteleskop koinotni chuqurroq o'rganish imkonini beradi. 2019 yilning boshida radioteleskopning boshqarish tizimida muammolar aniqlangan edi.
Rauf Nurullaev tayyorladi