Tashrif doirasida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida E.Pamfilova saylovlarda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar, Rossiya saylov kampaniyalarini oʻtkazishning yangi standartlari, pandemiya sharoitida saylovlarni oʻtkazish, saylov uchastkalarida tashkil etilgan videokuzatuv rejimi, “Mobil saylovchi” mexanizmi kabi masalalar yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻz soʻzida saylov komissiyalarining yuqori darajadagi tayyorgarligi, saylov jarayoni ishtirokchilarini xabardor etish boʻyicha koʻrilayotgan tadbirlarga yuqori baho berdi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.