“NAMI korxonasi Rossiyada birinchi bo'lib elektr mototsikl ishlab chiqardi. Uni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 80 foizni tashkil etadi. Hozirda avtomobil sinovdan o'tish bosqichida, 2024-yilning boshiga qadar uni ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilgan”, — dedi Moskva sarmoyaviy va sanoat siyosati departamenti rahbari Vladislav Ovchinskiy.

Kompaniya yuqori kuchlanishli batareya, quvvat kompleksini boshqarish tizimi, yoritish komponentlari, tashqi panellar, kuzov elementlari va boshqalarni ishlab chiqdi. Elektr mototsikl teskari harakatlanish imkoniyatiga ega, sirpanchiqda harakatlana oladi va unga yon tomondan tirkama biriktirilishi mumkin. U isitiladigan rul va tutqichlar, old oyna, sensorli elektron asboblar paneli, tez zaryadlash funksiyasi, bloklanishga va sirg'anishga qarshi tizimga ega, deb xabar beradi mir24.tv.