Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Panama kanali qonuniy jihatdan Panamaga tegishli ekanligini ta'kidladi va “Qo'shma Shtatlarni uni har qanday yo'l bilan qaytarib olishga urinmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi”. Bu haqda 21-yanvar, seshanba kuni Politico yozdi.

“Biz Panama rahbariyati va AQSh Prezidenti Donald Tramp o'rtasida Panama kanali ustidan nazorat bo'yicha mumkin bo'lgan muzokaralar chog'ida tomonlar ushbu muhim suv yo'lining amaldagi xalqaro huquqiy rejimini hurmat qilishini kutamiz”, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Lotin Amerikasi departamenti direktori Aleksandr Shchetinin.

2024-yil dekabr oyida Donald Tramp agar mamlakat ortiqcha to'lovlarni undirishni to'xtatmasa, Panama kanalini tortib olish bilan tahdid qilgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.