Rossiya Prezidenti MDH mamlakatlaridan qishloq xoʻjalik mahsulotlari olib kirishni koʻpaytirish haqida topshiriq berdi

    Voqea-hodisalar 10 Avgust 2021 1834

    Rossiya Prezidenti V. Putin hukumatga oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini taʼminlash maqsadida MDH mamlakatlaridan qishloq xoʻjalik mahsulotlari keltirishni koʻpaytirish uchun choralar koʻrish haqida topshiriq berdi. Kreml saytida tegishli roʻyxat ilova qilingan.

    “Rossiya Federatsiyasi Hukumatiga... oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida Rossiya Federatsiyasiga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo-mamlakatlardan olib kirilayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hajmini koʻpaytirish boʻyicha choralar koʻrilsin”, — deyiladi roʻyxatda.

    “Rossiya Federal monopoliyaga qarshi kurash xizmatiga savdo shoxobchalari orqali sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxi shakllantirishini monitoringini taʼminlash yuklatilsin”, — deyiladi topshiriqlar roʻyxatida. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi xabar beradi.