24-noyabr, yakshanba kuni sodir bo'lgan voqeani Rosaviatsiya matbuot kotibi Artem Korenyako o'zining Telegramdagi kanalida tasdiqladi.
Keyinroq u Rossiyaning Antaliyadagi bosh konsulligiga tayangan holda aniqlik kiritishicha, hodisa oqibatida samolyot yo'lovchilaridan hech biri jabrlanmagan. Samolyot komandiri yo'lovchilarni puflanuvchi traplar yordamida evakuatsiya qilishga qaror qildi. Aviakompaniya jabrlanganlar yo'qligini ham tasdiqladi. Turkiya Transport vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, samolyotda 95 kishi bo'lgan. Antaliya aeroporti bortda 91 kishi bo'lganini ma'lum qildi.
Korenyakoning so'zlariga ko'ra, samolyotdagi yong'in Turkiya aeroportining qutqaruv guruhi tomonidan tezda o'chirilgan.
Turkiya aviatsiya portali AirportHaber xabariga ko'ra, Superjet 100 dvigateli yonib ketgan. Mash Telegram kanalining yozishicha, samolyot qo'nish vaqtida chap qanoti bilan uchish-qo'nish yo'lagiga urilgan bo'lishi mumkin.
Aviakompaniya ma'lumotlariga ko'ra, Superjet kuchli yomg'ir va shamol tufayli noqulay ob-havo sharoitida qattiq qo'nganidan so'ng yonib ketgan, deb xabar beradi dw.com.