“Rossiya temir yoʻllari” OAJ yuk transporti tariflari darajasini pasaytirishga oid qaror qabul qildi. U, xususan, qora metallar, konteynerlar hamda meva va sabzavot mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

2021-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar Oʻzbekiston hamda Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” va “Rohi ohani Tochikiston” DUKka tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.

Shuningdek, Rossiya-Ozarbayjon chegarasi orqali qora metallar va don mahsulotlarini tashishga ham 50 foizli chegirma oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, 2021-yilning 1-iyulidan 31-oktyabriga qadar Rossiya ichidagi “Privoljsk” va “Shimoliy Kavkaz” temir yoʻllari stansiyasidan “Kuybishevsk”, “Moskva”, “Oktyabr”, “Gorkiy”, “Sverdlov” stansiyalariga 3 ming kilometrgacha boʻlgan temir yoʻl masofalari uchun 41 foiz chegirma amal qiladi.