Kuznetsovaning taʼkidlashicha, mazkur hujjat ikkala tomonning ushbu sohadagi hamkorligining rivoji uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi. “Bolalarga taalluqli va turli xil byurokratik bahonalar bilan muammoga aylantirilayotgan barcha masalalar tezkorlik bilan hal etilishi, ularga professionallik yondashuv talab etiladi. Hujjat aniq koʻrsatilgan bolalarning aniq muammolarini hal etish imkonini beradi. Biz bunda bolalar muammolarini hal etishning barcha yoʻllarini belgiladik”, — dedi Kuznetsova.

Oʻz oʻrnida Aliya Yunusova mazkur hujjatning imzolanishi migrantlar bolalari huquqi va manfaati himoyasidagi muammolarni hal etish, shuningdek mazkur sohada oʻzaro yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha aniq mexanizmlarni belgilash zarurligidan kelib chiqqanligiga eʼtibor qaratdi, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi.