Suhbat chog‘ida qonun chiqaruvchilarning o‘zaro hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbarlarining kelishuvlarini amalga oshirish uchun ikki mamlakat parlamentlarining birgalikdagi faoliyati muhimligi qayd etildi.
Tanzila Narbaeva Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning ustuvor strategik hamkori ekanligini va davlat rahbarlarining ishonchli muloqoti tufayli bugun an'anaviy do‘stona munosabatlar izchillik bilan yuqori bosqichga ko‘tarilayotganini ta'kidladi.
Valentina Matvienko tashkilot tashkil topganligining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan MDH PA tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. «Bu yil jahon siyosatining markazi O‘zbekistonga ko‘chdi, bu yerda oliy darajadagi yirik xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tyapti. Bu mamlakatimizning xalqaro siyosatdagi o‘rni va jahon hamjamiyatidagi O‘zbekiston nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi».
Uchrashuv ishtirokchilari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik asosidagi vazifalar darajasiga mos keladigan o‘zaro hamkorlikka qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Tomonlar Federatsiya Kengashi va O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo komissiya faoliyati va samaradorligig urg‘u berdi. Tadbirda Federatsiya Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari A.S. Ilyos Umaxanov va Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safaev ishtirok etib, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan PKning navbatdagi majlisi yakunlari to‘g‘risida ma’ruzalar qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.