Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, bugun tunda Oʻzbekiston ushbu vaksinaning navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi.
Eslatib oʻtamiz, yurtimizda Rossiyaning N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” ommaviy foydalanish uchun sertifikatlangan va tasdiqlangan. Uni sertifikatlash jarayoni ishlab chiqaruvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlangandi.
Shuningdek, yaqin kunlarda mamlakatimizga oʻzbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalarining qoʻshimcha dozalari yetkazib berilishi kutilmoqda.
Mamlakatimizda vaksinalarni barcha hududlarga teng taqsimlash tizimi joriy qilingan boʻlib, birinchi navbatda xavf ostida boʻlgan fuqarolar emlanmoqda.