Yaqin oʻtgan kunlarda Rossiyaning 85 hududida koronavirus bilan kasallanishning 5 427 yangi holati aniqlangan. Kasallik yuqtirganlarning umumiy soni mamlakat hududida 85 870 nafarga yetdi, deb maʼlumot beradi COVID-19 ga qarshi kurash tezkor shtabi.
Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasida kasallanishning haftalik oʻsishi sakkiz hafta davomida uzluksiz qisqarib boryapti. Oʻrtacha bir kunlik koʻrsatkich esa 0,74 foizdan 0,66 foizga pasaygan.
Tezkor shtab maʼlumotiga qaraganda, Moskvada koronavirus infeksiyasini yuqtirgan 664 bemor qayd etilgan, Svrdlovsk oblastida — 199, Xanti-Mansiyskda esa — 168 nafar.
Shunga qaramay, soʻngi 24 soat ichida shifoxonalardan 3 649 bemor davolanib chiqqan, undan tashqari, 70 ta oʻlim holati qayd etilgan, deb xabar beradi AIF.ru
Avval Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro favqulodda vaziyat tartibini uch oyga choʻzgan edi.