Yangi test yordamida balgʻam, qon plazmasi, tamponlar, otopsi namunalari, shuningdek suv va boshqa biomateriallarda virus mavjudligini aniqlash mumkin. Avvalgi test infeksiyani faqat burun shilliq qavati va tomoq yoʻllaridagina  aniqlay olardi.

Institut direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Aleksandr Gorelovning taʼkidlashicha, yangi test tizimi alomatsiz kechayotgan va kasallikning yengil formasida ham xato qilmaydi. Yangi ishlanma PSR yordamida ishlaydigan dunyodagi birinchi ixtirodir.

Unda tahlil natijalari olti soat ichida maʼlum boʻladi, ular sizga kasallikning qaysi bosqichda ekanligini ham aniqlash imkonini beradi.