Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Hukumat aʼzolari bilan oʻtkazgan yigʻilishida Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova eʼlon qilgan.

— Sentabr oyining soʻngida Rossiyada “Vektor” davlat ilmiy markazi bazasida ishlab chiqariladigan yana bir vaksinaning klinik sinovlari yakunlanishi rejalashtirilgan, — dedi u. — Bu vaksina oʻzining xususiyatlaridan kelib chiqib “Epi VakKorona” deb nomlangan, va oʻylaymanki, sentyabr oyining oxiri -oktyabr oyining boshlarida u ham roʻyxatga olinadi.

Bosh vazir oʻrinbosari klinik sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarida emlanayotganlarda asoratlar kuzatilmaganligi haqida ham eslatdi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.