Worki ish qidirish xizmatining ma'lum qilishicha, kunlik ishlar bilan shug'ullanuvchi kasb egalarining ish haqi 23 foizga (42100 rubldan 51660 ming rublgacha), qo'riqchilarning ish haqi 26 foizga (34520 rubldan 43540 ming rublgacha), yuk ortuvchilarning ish haqi esa 27 foizga (32400 rubldan 41330 ming rublgacha) oshgan.

Farroshlar 13 foiz (33,1 ming rublgacha), ombor ishchilari 12 foiz (37,2 ming rublgacha), kassa xodimlari 9 foiz (29,9 ming rublgacha) ko'proq ish haqi olishni boshlagan.

Shuningdek, mehnat migrantlarini yollab kelgan mamlakatdagi kompaniyalarning 40 foizida pandemiya sababli ishchi kuchi etishmasligi kuzatilmoqda.