Vertolyotning qoldiqlari qirg‘oqdan 11 km uzoqlikda, uning qismlari esa 40-50 m chuqurlikdagi ko‘l tubidan topilgan.
Xabarda shunday deyiladi: “Moskva vaqti bilan soat 21:16 da g‘avvoslar halok bo‘lgan ekipajdan bittasini suvdan chiqarib olishdi. U vertolyot ichidan topildi”
Qolgan ikki ekipaj aʼzosi hali noma'lum. G‘avvoslar Moskva vaqti bilan soat 00:00gacha qidiruv ishlari olib borishi, shundan so‘ng ular masofadan boshqariladigan robot yordamida ko‘l tubini tekshirishni aytdi.