Xususan, 2020-yil 9 – 15-avgust kunlari 3 ming 165 nafar hamyurtimiz vatanga qaytarildi.
Turli sabablarga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytolmagan vatandoshlarga moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda. O‘tgan hafta qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan yana 179 nafar O‘zbekiston fuqarosi «Mehr» xayriya loyihasi doirasida bir martalik moliyaviy yordam oldi. To‘lovlarning umumiy miqdori 133 ming 640 rublni tashkil etdi.
Moddiy yordam, birini navbatda, 2 yoshgacha farzandi bor va homilador 49 nafar ayolga berildi. Shuningdek, koronavirusga chalingan 1 nafar vatandoshga va Rossiya oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan 129 talabaga insonparvarlik ko‘magi ko‘rsatildi.
«Mehr» aksiyasi boshlanganidan buyon (14 maydan 15 avgustgacha) Rossiyada bo‘lib turgan 7 ming 789 nafar O‘zbekiston fuqarosiga 50 million 755 ming 804 rubl miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi.