Bundan tashqari, andijonlik X.A ishlash maqsadida joriy yilning may oyida Rossiyaga borgan. Biroq salomatligi yomonlashgani sababli ishlay olmagan.

Shuningdek, samarqandlik A.A Moskva shahrida baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchragan. Ushbu fuqaroga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan davolanishga yordam berilib, vaqtinchalik yashash uchun xostelga joylashtirilgan.

Mazkur fuqarolarga Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsullik idoralari tomonidan “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirib berildi. 31-may kuni Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Moskva-Toshkent, Sankt-Peterburg-Toshkent aviareyslari orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.

Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti xodimlari kutib olib, oʻz manziliga kuzatib qoʻydi.