Qayd etilishicha, shu yilning iyun oyida Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg shaharlarida ogʻir moliyaviy va huquqiy holatga tushib qolgan fuqarolar hamda ularning farzandlari Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan amaliy yordam koʻrsatilib, tegishli qonun hujjatlari asosida vatanga qaytarildi.
Ushbu shaxslarga HY-634, HY-9670, HY-9658 va HY-9662 reyslari orqali aviachiptalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qaroriga asosan olib berildi.