Maʼlum boʻlishicha, bugungi olib kelingan bolalarning biri, ota-onasining ishonchnomasi asosida RF ga ketgan. Ikkinchisi esa, 2023-yildan beri mehnat migratsiyasida ekanligi, 9-sinf oʻquvchisi boʻlganidayoq opasining turmush oʻrtogʻi bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.
Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
Maʼlumot uchun: Bugungi kunga qadar 9 nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi. Mart oyida Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni Oʻzbekistonga olib kelish rejalashtirilmoqda va kelgusida oilaviy muhitga qaytarish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.