Joriy yilning 10-noyabr kuni ertalab soat 04:00 larda Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738 km da Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir boʻldi.
Afsuski, buning oqibatida uch kishi voqea joyida halok boʻldi. Ulardan biri Oʻzbekiston fuqarosi, ikki nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda, deya xabar qiladi Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi.
Shuningdek, 2 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan Penza viloyati Kuznesk tumanlararo shifoxonasi joylashtirilgan.
"Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Jabrlangan fuqarolarimizga tez orada sogʻayib ketishini tilab qolamiz. Ushbu holat Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olinib, tegishli muvofiqlashtirish ishlarni boʻyicha joyiga chiqqan holda tashkillashtirilmoqda.
Mahalliy masʼul vakolatli organlar bilan halok boʻlganlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilishini Bosh konsulxona oʻz nazoratiga olgan", deyiladi xabarda.