Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, bolalarning ikki nafari Sankt-Peterburg shahridan, qolgan toʻrt nafari esa Moskva shahri va viloyati, Tatariston hamda Kabardin-Balkar respublikalaridan qaytarilgan. Masʼul vazirlik va idoralar xodimlari tomonidan bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini aniqlash, qaytish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kabi tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal etildi.
Elchixona va hamkor tashkilotlarning bu kabi saʼy-harakatlari xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolari, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamlarga koʻra, birgina 2026-yilning yanvar oyi davomida jami 20 nafar voyaga yetmagan fuqaro Vatanga qaytarilgan.
Hozirda ushbu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.